Bo'larkan - Doston Ergashev

Bo'larkan

Doston Ergashev

00:00

03:05

Similar recommendations

Lyric

Jayronni yo'lini kutmasdan

Janonni qo'lidan tutmasdan

Vayrona dillarni titmasdan

Onamni o'ylasam bo'larkan

Ko'rmasdan yodimda mardini

Ko'p qildim dildagi gardini

Ey har kimga so'zlamay dardimni

Otamga so'zlasam bo'larkan

Janon deb teng bo'ldim qul bilan

Sevgisini o'lchadi pul bilan

Men nodon bir dasta gul bilan

Opamni siylasam bo'larkan

Cho'ntakda to'la hamyon qolib

O'tkinchi davru davron qolib

To'rttagina issiq non olib

Singlimni yo'qlasam bo'larkan

Gohida pand yedim do'stdan ham

Ba'zida chindan ham rostdan ham

Beminnat g'amxo'rim chindan ham

Akamni maqtasam bo'larkan

Varoqlab dil degan daftarin

Meni siqilsam u ko'ngli yarim

Ochmi to'qmi deb jigarim

Ukamni o'ylasam bo'larkan

Umrimni sovurdim shamolga

O'tkinchi betayin hayolga

O'zimni tutdim savolga

Iymonni asrasam bo'larkan

Yurmasdan zamondan ko'p nolib

Qur'onni dilimga yod olib

Qolmasdan bir kuni dod solib

Islomni anglasam bo'larkan

Yurmasdan zamondan ko'p nolib

Qur'onni dilimga yod olib

Qolmasdan bir kuni dod solib

Islomni anglasam bo'larkan

- It's already the end -