Farishta Ayol - Shahriyor

Farishta Ayol

Shahriyor

00:00

03:16

Song Introduction

در حال حاضر اطلاعات مرتبط با این آهنگ در دسترس نیست.

Similar recommendations

Lyric

Sadoqat bog'ida ungan chechaklar

Yulduzlar yuzidan tomgan ertaklar

Buloqlar ko'zida kulgan tilaklar

Jannat farishtasi emasmi ayol?!

Bog'larga bahorni yetaklab kelgan

Farzandi qoshida oy bo'lib to'lgan

Ilk aytgan qo'shig'i allalar bo'lgan

Jonimiz rishtasi emasmi ayol?!

Ho, o-o, o-o-o, ho-o-o-o, o-o-o

Farishta ayol

(Farishta ayol)

He, e-e, e-e-e, he-e-e-e, e-e-e

Farishta ayol

(Farishta ayol)

Laylining labidan tomgan vafoda

Kumushning ko'zida suzgan hayoda

Mohi-Mohlaroyim chekkan jafoda

Muhabbat shevasi emasmi ayol?!

Ko'nglin olmaganim, lo'ppi hilolim

Ming bora kechirgan mening malolim

Ona – nuridiydam, mehri zilolim

Tangrining tuhfasi emasmi ayol?!

Ho, o-o, o-o-o, ho-o-o-o, o-o-o

Farishta ayol

(Farishta ayol)

He, e-e, e-e-e, he-e-e-e, e-e-e

Farishta ayol

(Farishta ayol)

Ho, o-o, o-o-o, ho-o-o-o, o-o-o

Farishta ayol

(Farishta ayol)

He, e-e, e-e-e, he-e-e-e, e-e-e

Farishta ayol

(Farishta ayol)

- It's already the end -